Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

(99895) 196 44 43

Bosh direktor o'rinbosari

23-04-2024 5

Instituti bosh direktorining o'rinbosariga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda O’zbekiston avtomobil transporti agentligi buyruqlarini ijrosini ta’minlash;

  • Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni ta’minlash;

  • Davlat ta’lim standartlari asosida avtotransport sohasida kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish;

  • Institutning tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish;

  • Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;

  • Institutning daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;

  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;

  • Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;

  • O‘quv-tarbiya jarayonida malaka oshirish va qayta tayyorlash ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;

  • Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va tinglovchilarda milliy g‘oyani shakllantirish;

  • Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;

  • Tinglovchilar, tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;

  • Institutning faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;

  • Marketing xizmatini rivojlantirib, malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishi ehtiyojni o‘rganishni, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzilishini tashkil etish;

  • Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, Institutning Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, Institutning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish;

  • O’zbekiston avtomobil transporti agenligi bilan kelishilgan holda xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;

  • Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash;

  • O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.

 

    1. Tarjimai hol:

     

    Ergashev Sherzod Tashpo’latovich

    1984-yilda Jizzax viloyati, Zafarobod tumanida tug’ilgan.

    Millati – o’zbek

    Ma’lumoti – oliy, 2012 yilda Toshkent davlat iqtisoditot universitetini tamomlagan.

    Mutaxassisligi – Buxgalteriya hisobi va audit, Tashqi iqtisjdiy faoliyat hisobi va tahlili (magistratura)

    2001-2002 yy. - Jizzax viloyati Paxtakor paxta tozalash zavodida huquqshunos-maslahatchisi

    2002-2006 yy. - Jizzax viloyati, Zafarobod tumani “Sherzod-1” fermer xo’jaligi huquqshunos-maslahatchisi

    2006-2012 yy. - Toshkent davlat iqtisoditot universiteti talabasi, magistranti

    2012-2013 yy. – Toshneftegaz ochiq aksiyadorlik jamiyati “Qurilish izolyatsiyasi” unitar korxonasi rejalashtirish va ishlab chiqarish texnika bo’limi yetakchi mutaxassis, bo’lim boshlig’i

    2013-2016 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy tadqiqot ishlar bo’yicha bosh hisobchi o’rinbosari

    2016-2018 yy. - “Avtodaryotarns-ilm” Davlat ilmiy metodik Markazida iqtosot-moliya va buxgalteriya hisobi bo’limi boshlig’i

    2018 y. - h.v. - Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bosh direktorining birinchi o’rinbosari