Institute of professional training and retraining of motor transport personnel

(99871) 231 12 64

O‘zbekiston va Tojikiston yangi avtotransport yo‘nalishlarini ochadi

21-09-2020 248

O‘zbekiston va Tojikiston transport idoralari rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan yangi avtotransport yo‘nalishlarini ochish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston transport vaziri birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamovning Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohim bilan Dushanbeda uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu yerda o‘zbekistonlik amaldor mamlakat rasmiy delegatsiyasi bilan birga bo‘lib turibdi, deb xabar qildi Asia-Plus.
«Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi transport aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi», - deb xabar bergan Tojikiston Respublikasi Transport vazirligi.
Ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar va yuk tashishni ko‘paytirish, temir yo‘l sohasidagi hamkorlik, shuningdek yangi avtotransport yo‘nalishlarini ochish masalalari ko‘rib chiqildi. Yangi transport yo‘nalishlari qachon ochilishi xabar qilinmagan.
Tojikistonlik vazir so‘nggi oylarda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat avtotransport qatnovi har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun qay darajada muhimligini ko‘rsatganini ta’kidladi.
«Shu munosabat bilan biz ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni kengaytirishimiz kerak», - deya xulosa qildi u.
Eslatib o‘tamiz, 18 sentyabr kuni hukumatning iqtisodiy bloki xodimlari hamrohligida 172 nafar yirik biznes vakillaridan iborat O‘zbekistondan ishbilarmonlar delegatsiyasi Dushanbega tashrif buyurdi.

Manba: www.kun.uz

Pdf