Eslatma: " Sayt beta rejimida ishga tushirildi. Saytdan foydalanish paytida xatoliklar yuzaga kelishi mumkin. "

Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti

(99895) 196 44 43

Mahalla faollari bilan uchrashuv

09-01-2019 3604

Qonunbuzarliklarni oldini olish, qonun hujjatlariga amal qilish yuzasidan aholi o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish maqsadida Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i S.Shoqosimov hamda Avtomobillarda tashuvlar havfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i V.Bozorov va Litsenziya bo‘limi boshlig‘i Sh.Shovahobov tomonidan 2018yil 4-dekabr Yakkasaroy tumani, 5-dekabr Shayxontohur tumani va 6-dekabr Sergeli tumani hokimiyatlarida mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va faollari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazildi. Yig‘ilishlarga tuman hokim o‘rinbosarlari va tuman prokuror o‘rinbosarlari taklif etildilar.

Yig‘ilishlarda O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Toshkent shahar boshqarmasi inspektorlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 165 va 1763 moddalarida ko‘rsatilgan avtomobillarda tashuvlar sohasida huquqbuzilishlar to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib sud organlariga taqdim etilyotganliklari, natijada noqonuniy faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yo‘lovchi va yuk tashuvchi haydovchilar faoliyatlarini qonuniylashtirayotganliklari ma’lumot uchun yetkazildi. Shuningdek litsenziya olish tartibi va abzalliklari to‘g‘risida axborot berildi.

Yig‘ilish yakunida Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi va mutassaddi tashkilotlar vakillari tomonidan yig‘ilish qatnashchilari bergan barcha savollarga javoblar berildi.

 

Manba: www.autotrans.uz