Masofaviy malaka oshirish kurslari tashkil etildi

30-06-2020 325

 

Masofaviy malaka oshirish kurslari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi 2017 – 2021 - yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi PF-5953 – son Farmoni va Transport vazirligining 2020 yil 17 apreldagi 74-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida joriy yilning iyun oyidan boshlab quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha masofaviy o‘quv kurslari tashkil etildi:

  • “Avtomobil transportida tashishlarni tashkil etish va boshqarish - yuridik shaxslarning rahbar va mas’ul xodimlarini malakasini oshirish”.
  • “Yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari – yuridik shaxslarning harakat xavfsizligiga mas’ul xodimlarining malakasini oshirish”.
  • “Avtomobil transportida xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarning malakasini oshirish”.

 

Shuningdek, buyurtmachilarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, yangi malaka oshirish o‘quv kurslarini tashkil qilish imkoniyatlari ham mavjud ekanligini ma’lum qilamiz.

Masofaviy malaka oshirish kurslarini samarali tashkil etish maqsadida axborot-texnologiyalari bo‘yicha ko‘nikmaga ega malakali o‘qituvchilar shakllantirilib, masofaviy ta’lim rejasi va dasturlari ishlab chiqildi. Tinglovchilarga qulaylik yaratish maqsadida masofaviy ta’lim platformasi sifatida ZOOM ijtimoiy tarmog‘idan oqilona foydalanilmoqda.

Ushbu masofaviy o‘quv kurslari tinglovchilar uchun quyidagi afzalliklarni taqdim etadi:

ortiqcha ovoragarchiliksiz onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tadi;

ish va yashash joylaridan ajralmagan holda malaka oshiradi;

ortiqcha sarf-xarajatlar iqtisod qilinadi;

ortiqcha vaqt sarfini tejaydi.

Talabgorlar quyidagi onlayn manzil Qabul.avtoilm.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Murojaat uchun tel: 95-196-44-43, (71) 231-12-67, (71) 290 73 51

Qo‘shimcha malumotlar uchun: avtoilm.uz., at_malakaoshirishinstitut telegram kanal.

 

Pdf