AVTOMOBIL TASHUVLARI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNI NAZORAT QILISH BO‘LIMI INSPEKTORLARI UCHUN O‘QUV SEMINAR TASHKIL QILINDI

21-12-2020 478

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2020 yil 25 maydagi “Transport vazirligi huzuridagi barcha nazorat organlari ishini zamonaviy talablar asosida tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 98-son buyrug‘i “Yo‘l xaritasi”dagi belgilangan vazifalar, ya’ni Transport vazirligi hududiy boshqarmalarining “Avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta’minlashni nazorat qilish” bo‘limi inspektorlarini zamonaviy talablar asosida ish faoliyatini yuritishlari bo‘yicha o‘quv seminarini tashkil etish yuzasidan Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida 2020 yil 19 dekabr kuni soat 10.00da videokonferensiya orqali «Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish» mavzusidagi o‘quv seminar tashkil qilindi.
 
photo5404573888379205304.jpg
Shu munosabat bilan tashkil qilingan videokonferensiyaga “Avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta’minlashni nazorat qilish” bo‘limi inspektorlarini hududiy boshqarmalaridagi barcha inspektorlar ishtirok etishdi.
 
photo5404573888379205305.jpg
 
Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti professor-o‘qituvchilari va hududiy inspektorlar ishtirokida savol-javoblarga bo‘lgan seminar videokonferensiya shaklida o‘tkazildi hamda barcha tinglovchilarga foydali bo‘ldi. Shuningdek, kelajakda bunday o‘quv seminarlarini ko‘paytirish, ular orqali sohadagi mavjud muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha taklif mulohazalar tinglandi.
 
Pdf