AVTOMOBIL TRANSPORTI XODIMLARINI MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH INSTITUTIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ONLAYN KONFERENSIYASI O‘TKAZILDI

09-04-2021 216

2021 yil 9 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida “Transport sohasini rivojlantirish istiqbollari: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi o‘tkazildi.

photo5440435516681073058.jpg
Konferensiyada transport va logistika tizimini rivojlantirish, transport sohasida xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, transport sohasida raqamlashtirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari, transport sohasi raqobatbardoshligini oshirish va investitsiyalarni jalb qilish kabi muammolar muhokama qilindi.

photo5440435516681073057.jpg
Konferensiya doirasida ma’ruza va taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Institut bosh direktori Ergashev Sh.T. - Respublikamiz transport tizimida avtomobil transportining o‘rni, i.f.d. professor Shadieva G.M. - Avtomobil trancporti tarmoqlarida innovasiyaning mohiyati, roli va ahamiyati, t.f.f.d (PhD) Abdullayev B.I. - Jamoat transporti ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini tahlil qilish usulini takomillashtirish, Ruziyev D.X. - Raqamli boshqaruv tizimlari tushunchasi, Qosimov M.A. - Transport - logistika tizimida raqamli platformani tadqiq etish, Mirkasimov J.M. - Logistika korxonalarida iqtisodiy tahlilning ahamiyati mavzularidagi taqdimotlari bilan ishtirok etishib, har bir ma’ruzadan keyin savol-javob munozara shaklida muhokama qilindi.

Pdf