BIZ HAQIMIZDA

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3589-sonli Qarori hamda O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining 2018 yil 7 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 218 yil 6 martdagi PQ-3589-sonli Qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 95-sonli buyrug‘iga asosan “Avtodaryotrans-ilm” Kasb malakasini oshirish Davlat ilmiy metodik Markazi «Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash Intstituti» deb qayta nomlandi.

 

Institutning maqsad va vazifalari:

Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 

ilmiy-pedagogik xodimlar va tahsil oluvchilarning tadqiqotlari hamda ijodiy faoliyati orqali fanni rivojlantirish, olingan natijalardan ta’lim jarayonida foydalanish;

Avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha Davlat talablari loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etish;

avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashdagi ta’lim jarayonining yuqori sifatini ta’minlash, ilg‘or pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, Internet butunjahon axborot tarmog‘ini o‘quv jarayoniga tatbiq etish va ulardan samarali foydalanish;

avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va o‘quv-metodik ishlarni amalga oshirish;

ommaviy kasb kadrlarini tayyorlash, shu jumladan avtomobil transporti haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 

ommaviy kasb kadrlarini tayyorlash, avtomobil transporti haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari va dasturlari, o‘quv-metodik va normativ hujjatlarni ishlab chiqish;

o‘quv seminarlari, seminar-treninglar, qisqa muddatli maqsadli kurslarni tashkil etish va o‘tkazish;

malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, Internet butunjahon axborot tarmog‘idan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

avtomobil transporti sohasidagi rahbarlar va mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xalqaro tajribasini umumlashtirish asosida zamonaviy innovatsiyalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish;

O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning o‘quv yurtlari bilan avtomobil transporti sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;

Institut professor-o‘qituvchilari tarkibining bilimlari va ko‘nikmalarini takomillashtirish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish samaradorligi va sifatini oshirish;

kurslar tinglovchilarini o‘zlari egallab turgan lavozimlardagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishini o‘tkazishga jalb etish;

kurslar tinglovchilarida kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlar, seminarlar, davra suhbatlari, ochiq munozaralar, ijodiy uchrashuvlar va boshqalarni tashkil etish va o‘tkazish;

kurslar tinglovchilari uchun mamlakat va jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha to‘lov asosida qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish;

kurslar tinglovchilari o‘rtasida mamlakat va jamiyat rivojlanishining unutilmas sanalariga bag‘ishlangan turli tanlovlar va viktorinalarni o‘tkazish;

kurslar tinglovchilarining istak va takliflarini hisobga olgan holda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha dasturlar va tadbirlarni ishlab chiqish;

malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida masofadan turib o‘qitish va boshqa samarali shakllarni joriy etish bo‘yicha normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;

malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida zamonaviy pedagogika texnologiyalari, o‘quv-metodik majmualarni joriy etish;

avtomobil transporti kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni rivojlantirish va takomillashtirish, ularda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish, motivatsiya va mehnatni rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;

avtomobil transporti tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muammolariga doir respublika va xalqaro konferensiyalar, seminarlar, majlislar va boshqa ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish.