KASABA UYUSHMA

14-06-2018 0

4.jpg  Rais:

  Nazirov Payzullo Raximovich

  Telefon: (8 371) 267-63-50

  E-mail: p.nazirov@avtoilm.uz



Kasaba uyushmasi o‘z kasaba uyushma a’zolari uchun:

-millat, jinsi, yoshi va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar Kasaba uyushma a’zosining mehnat qilishi, ishni, kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitini yaratib berishi va ishsizlikdan himoya qilinishiga doir konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishiga;

-insonning ma’naviy va jismoniy kuch quvvatlarining tiklanish vositasi bo‘lgan bo‘sh ish vaqtni ko‘paytirish va undan oqilona foydalanishga;

-mehnat qonunchiligi, mehnatni va atrof-muhitni muhofazalash qonunlari, qoidalari va me’yorlariga rioya etilishiga;

-sog‘lomlashtirish uchun baza yaratilishiga va zarur vositalar ajratilishiga;

-ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadlarida jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzilishiga, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;

-Davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash, Kasaba uyushma a’zolarining mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qonun hamda boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilinishiga, barqaror, hamjihatlik va fuqorolar totuvligini saqlab qolishga;

-mexnatga haq to‘lashning ijtimoiy adolatli tizimni joriy etilishiga;

-ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga binoan Kasaba uyushma a’zolarining malakasini oshirishga va kasb jihatidan qayta tayyorlashga erishishga intiladilar.

 

Kasaba uyushma a’zolarining huquqlari va vazifalari:

-kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir. Kasaba uyushmasi tarmoq Ustavini tan oluvchi va uning talablarini bajaruvchi, hamda a’zolik badallarini to‘lab boruvchi xodim Kasaba uyushma a’zosi bo‘la oladi;

-mehnat munosabatlariga oid masalalar yuzasidan, mulk shakllridan qat’iy nazar davlat, sud va xo‘jalik organlarida Kasaba uyushmasining huquqiy yordamini olish va uning himoyasida bo‘lishi;

-kasaba uyushmalari organlariga saylash va saylanishi;

-kasaba uyushmalarining tadbirlarida ishtirok etish, o‘z fikrini erkin bayon qilish, o‘z faoliyatini va xulq-atvoriga taalluqli masala ko‘rib chiqilayotgan majlislar, yig‘ilishlar va konferensiyalarda shaxsan ishtirok etish;

-yuqori Kasaba uyushmasi qo‘mitalariga murojat etish;

-kasaba uyushmalari sihatgohlari, sanatoriyalar, sanatoriy-profilaktoriylari, dam olish bazalari, bolalar sog‘lomlashtirish lagerlariga davolanish va dam olish uchun imtiyozli tariflar bo‘yicha yo‘llanmalar olish.

 

Pdf