Rahbariyat

Bosh direktor

Bosh direktor Telefon: +998(71) 267-63-15 Faks: +998(71) 267-63-15 Elektron pochta: m.kalonov@avtoilm.uz Qabul kunlari: Hizmat vazifalari Tarjimai hol Virtual qabulxona × Аvtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bosh direktoriga quyidagi vazifalar yuklatiladi: O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda O’zbekiston avtomobil transporti agentligi buyruqlarini ijrosini ta’minlash; Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni ta’minlash; Davlat ta’lim standartlari asosida avtotransport sohasida kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish; Institutning tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish; Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash; Institutning daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish; Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash; Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish; O‘quv-tarbiya jarayonida malaka oshirish va qayta tayyorlash ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish; Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va tinglovchilarda milliy g‘oyani shakllantirish; Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash; Tinglovchilar, tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash; Institutning faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash; Marketing xizmatini rivojlantirib, malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishi ehtiyojni o‘rganishni, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzilishini tashkil etish; Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, Institutning Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, Institutning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish; O’zbekiston avtomobil transporti agenligi bilan kelishilgan holda xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish; Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash; O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish. × Tarjimai hol: Kalonov Muxiddin Baxritdinovich 1977-yilda Navoiy viloyati, Nurota shahrida tug’ilgan. Millati – o’zbek Ma’lumoti – oliy, 2000 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari institutini hamda 2012 yilda Toshkent davlat iqtisoditot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – Injener-iqtisodchi (buxgalteriya hisobi va audit), Tashqi iqtisodiy faoliyat hisobi va tahlili 1996-1997 yy. - “Iqtisod va hisobot” jurnalida korrektor 1997-1997 yy. - O’zbekiston Respublika Inkassatsiya birlashmasi elektron hisoblash nazoratchisi 1997-1998 yy. - “PressTIJ” jurnalida texnik redaktor 1998-1998 yy. - Shayxontoxur tuman katta davlat soliq inspektori 1998-1999 yy. - “ALP-FARZIN” Xususiy firmasi bosh buxgalteri 1999-2002 yy. - “FIDOKOR” gazetasi taxririyati bosh buxgalteri 2002-2016 yy. - “Avtodaryotarns-ilm” Davlat ilmiy metodik Markazida iqtosodiy va moliyaviy masalalar bo’yicha rahbar 2016-2018 yy. - “Avtodaryotarns-ilm” Davlat ilmiy metodik Markazi bosh direktori 2018 y. - h.v. - Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bosh direktori  

Bosh direktorning birinchi o’rinbosari

Bosh direktorning birinchi o’rinbosari Telefon: +998(71) 267-63-58 Faks: +998(71) 267-63-50 Elektron pochta: sh.ergashev@avtoilm.uz Qabul kunlari: Hizmat vazifalari Tarjimai hol × Institut bosh direktorining birinchi o’rinbosariga quyidagi vazifalar yuklatiladi: O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda O’zbekiston avtomobil transporti agentligi buyruqlarini ijrosini ta’minlash; Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, Institutning umumiy masalalari bo‘yicha Institutning Ilmiy kengashi qarorlari va bosh direktor buyruqlarini bajarilishini tashkil qilish; Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish; Moliyaviy jarayonni ta’minlaydigan bo‘limlarni tashkil etish va nazorat qilish; Institut xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali xodimlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish; Moliyaviy-xo‘jalik ishlarida xodimlar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish; Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash; Oliy ta’lim muassasalari bilan moliyaviy-iqtisodiyot yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash; Institutning moliya-iqtisodiyot va xo‘jalik ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish; Qurilish ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish; Institutning mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pulli xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pulli o‘qitish kurslari, ijara, homiylik, divident va h.k.) yo‘lga qo‘yish orqali malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaridan tushgan mablag‘lardan tashqari boshqa tur xizmatlarni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o‘qituvchilar va ishchi xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; Institut xarajatlar smetalarining bajarilishi, moliyaviy xo‘jalik faoliyati, valyuta operatsiyalarini hisobini olib borilishini nazorat qilish; Institutning o‘quv laboratoriya binolari, tinglovchi turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshoatlarni kuz-qish mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash; Institutga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha-smeta xujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish; Institutga tushayotgan mablag‘lardan, shuningdek kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash; Institutning professor-o‘qituvchilari va xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash; Buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish; Buyurtmachilardan malaka oshirish va qayta tayyorlash uchun to‘lovlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish; Tinglovchi va xodimlarni favqulodda holatlardagi hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash; Institut binolarini barqarorligini ta’minlash, yong‘inga qarshi kurash jihozlari bilan ta’minlash, ularning sanitar-gigiyenik holatlarini talab darajasida tutishni ta’minlash; Professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’lim oluvchilarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishlari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy o‘quv va laboratoriya xonalarini tashkil etish; O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish. × Tarjimai hol:   Ergashev Sherzod Tashpo’latovich 1984-yilda Jizzax viloyati, Zafarobod tumanida tug’ilgan. Millati – o’zbek Ma’lumoti – oliy, 2012 yilda Toshkent davlat iqtisoditot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – Buxgalteriya hisobi va audit, Tashqi iqtisjdiy faoliyat hisobi va tahlili (magistratura) 2001-2002 yy. - Jizzax viloyati Paxtakor paxta tozalash zavodida huquqshunos-maslahatchisi 2002-2006 yy. - Jizzax viloyati, Zafarobod tumani “Sherzod-1” fermer xo’jaligi huquqshunos-maslahatchisi 2006-2012 yy. - Toshkent davlat iqtisoditot universiteti talabasi, magistranti 2012-2013 yy. – Toshneftegaz ochiq aksiyadorlik jamiyati “Qurilish izolyatsiyasi” unitar korxonasi rejalashtirish va ishlab chiqarish texnika bo’limi yetakchi mutaxassis, bo’lim boshlig’i 2013-2016 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy tadqiqot ishlar bo’yicha bosh hisobchi o’rinbosari 2016-2018 yy. - “Avtodaryotarns-ilm” Davlat ilmiy metodik Markazida iqtosot-moliya va buxgalteriya hisobi bo’limi boshlig’i 2018 y. - h.v. - Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bosh direktorining birinchi o’rinbosari

O’quv ishlari bo’yicha bosh direktor o’rinbosari

O’quv ishlari bo’yicha bosh direktor o’rinbosari Telefon: +998(71) 267-63-48 Faks: +998(71) 267-63-48 Elektron pochta: b.tursunboyev@avtoilm.uz Qabul kunlari: Hizmat vazifalari Tarjimai hol × Xizmat vazifalari Tarjimai hol   Institut o’quv ishlari bo’yicha bosh direktor o’rinbosariga quyidagi vazifalar yuklatiladi: O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda O’zbekiston avtomobil transporti agentligi buyruqlarini ijrosini ta’minlash; Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha pedagog o‘qituvchilarning bilishini ta’minlash; Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, o‘quv–tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha Institut Ilmiy kengashi qarorlari va bosh direktor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish; Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlash; O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ulardan samarali foydalanishni tashkil qilish; Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish; O‘quv jarayonini ta’minlaydigan bo‘lim va fakultet ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish hamda nazorat qilish; Bo‘limlar, fakultet va kafedra ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish; O‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish; O‘quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, Institut uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish; O‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar, ilmiy ishlar to‘plamlarini Institut xodimlari tomonidan tayyorlash, nashr etish jarayonini boshqarish; Institutning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlarini o‘quv-uslubiy hamda ilmiy nashrlari bilan kutubxona fondini to‘ldirish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish; Professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlashni tashkil etish; O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish; O‘quv intizomini buzgan tinglovchilarga va mehnat intizomini buzgan xodimlarga nisbatan tegishli choralarni qo‘llash bo‘yicha takliflar tayyorlash; Kafedra, fakultet va bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish; Oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash; Institutni o‘rnatilgan tartibda ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish; O‘quv jarayonining yillik ish rejasini tuzilishini ta’minlash; Institut o‘quv yilli grafigi ishlab chiqilishini ta’minlash va nazorat qilish; Fakultet va kafedrada o‘quv yuklamalari hisob kitobini to‘g‘ri va mavjud me’yoriy hujjatlarga asosan taqsimlanishini ta’minlash va nazorat qilish; Institut auditoriya fondini ishlatish, foydalanish va ularni taqsimlanishini nazorat qilish; O‘quv jarayoniga tegishli hujjatlar mavjudligi va saqlanishini ta’minlash; Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv-uslubiy kengashlarni boshqarish; Ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa ta’limga oid normativ-huquqiy xujjatlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarini ishlab chiqilishini tashkil etish; Darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishini, o‘quv-uslubiy majmualar bilan ta’minlash bo‘yicha nashriyot ishlarini tashkil etish; Pedagog hamda professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish; Barcha ta’lim yo‘nalishlarini o‘quv reja va fan dasturlari bilan ta’minlash; O‘quv uslubiy bo‘lim, fakultet va kafedra ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish; Tinglovchilarning o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish; Tinglovchilarni bilimini baholashning zamonaviy reyting tizimlarini tatbiq etish, talabalarning bilimlarini obyektiv baholash ustidan nazorat olib borish; Tinglovchilarni mustaqil ta’lim olishlari uchun zamonaviy usul va vositalarini tatbiq etishni tashkil qilish; Institut Ilmiy kengashi rejasi asosida o‘quv jarayoniga tegishli masalalarni belgilangan muddatda sifatli tayyorlashni tashkil qilish; O‘quv jarayonlarini samarali va sifatli tashkil etish bo‘yicha fakultet va kafedra faoliyatini nazorat qilishda qatnashish; O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish. × Tarjimai hol:   Tursunbayev Baxodir Xonazarovich 1965-yilda Toshkent viloyati, Quyi chirchiq tumanida tug’ilgan. Millati – o’zbek Ma’lumoti – oliy, 1990 yilda Toshkent avtomobil va yo’llar institutini hamda 2011 yilda Toshkent oliy muxandislik pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – Yo’l harakatini tashkil etish, pedagog. 1982-1983 yy. - 86-sonli qishloq PTU o’qituvchisi 1983-1985 yy. - Muddatli harbiy xizmati 1985-1990 yy. - Toshkent avtomobil va yo’llar instituti talabasi 1990-2008 yy. - Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmaning harakat havfsizligi boshqarmasi hizmatchisi 2008-2009 yy. - O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi 2009-2010 yy. - Toshkent avtomobil va yo’llar institutining malaka oshirish markazi direktori o’rinbosari 2010-2016 yy. - Toshkent avtomobil va yo’llar institutining malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani 2016-2018 yy. - “Avtodaryotarns-ilm” Davlat ilmiy metodik Markazi bosh mutaxassisi, o’quv-metodik bo’limi boshlig’i 2018 y. - h.v. - Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti o’quv ishlari bo’yicha bosh direktor o’rinbosari