Joylarda sayyor qabul va muloqotlar o‘tkazilmoqda

08-10-2020 2328

Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, hududlarda transport tizimi faoliyatini samarali tashkil etish hamda bu borada aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borish maqsadida Transport vazirligi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruhlari joylarda sayyor qabullar o‘tkazmoqda.
 
photo5474408733762236143.jpg

Xususan, yo‘lovchi va yuk tashish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, sohaga oid muammolarni joyiga chiqqan holda tadbirkorlik sub’ektlari bilan muloqot qilish orqali o‘rganish hamda ularni hal etish maqsadida Transport vazirining o‘rinbosari A. Mirzayev boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.
photo5474408733762236144.jpg
Sayyor qabulda Nukus shahri, Tahiatosh, Xo‘jayli va Nukus tumanlarida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari ishtirok etishdi.