Qayta tayyorlash kurslariga hujjatlar qabul qilinmoqda!

10-01-2019 16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3589-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 434-qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zavtotrans” agentligi tomonidan avtomobil transporti tizimida faoliyat yuritishni istagan oliy ma’lumotli nomuttaxassis tadbirkorlarga qo‘laylik yaratish maqsadida Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash Institutida Kasbiy qayta tayyorlash kurslari tashkil qilindi. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarini ijobiy tugatgan tinglovchilarga “Kasbiy qayta tayyorlashdan o‘tganligi to‘g‘risida” diplom beriladi. “Kasbiy qayta tayyorlashdan o‘tganligi to‘g‘risida” diplomga ega bo‘lgan tadbirkorlar Avtomobil transporti tizimida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladi. 
 
photo52.jpg
Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘qish istagi bo‘lgan tadbirkorlar quyidagi telefonlarga qo‘ng‘iroq qilib qo‘shimcha ma’lumotlar olishlari mumkin:
(71) 231-12-67
(95) 196-44-43
Pdf