Transport- logistika markazi elektron platformasi yaratiladi

09-01-2019 284

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-dekabr kuni qabul qilingan PQ-3422 sonli “2018-2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi hamda 2018-yilning 6-martidagi № PQ-3589 sonli “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O’zbekiston avtomobil transporti agentligi va Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasida hamkorlik haqida memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum doirasida tomonlar xalqaro multimodal tarnsport- logistika markazi elektron platformasini yaratish borasida hamkorlikda ish olib boradi. Hamkorlik doirasida eksport- import yuklari tashish bilan bog‘liq ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil etish, yuklarni jo‘natish jarayonlarini optimallashtirish, logistika jarayonida barcha ishtirok etuvchilarning aniq ro‘yhatini shakllantirish va muvofiqlashtirish orqali transport harajatlarini kamaytirish, yuklarni yetkazib berish va omborxona operatsiyalari samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi elektron tizim yaratiladi.
 
6396.jpg
 
6387.jpg
 
Pdf