Eslatma: " Sayt beta rejimida ishga tushirildi. Saytdan foydalanish paytida xatoliklar yuzaga kelishi mumkin. "

Xususiy korxonа oʼz аvtobuslаri bilаn toshkentdа yoʼlovchilаrgа xizmаt koʼrsаtishni boshlаdi

20-01-2020 3191

Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Аxborot xizmatining xabar berishicha, Poytaxt jamoat transportida aholiga koʼrsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash, tizimda raqobat muhitini shakllantirish maqsadida «Toshshahartransxizmat» АJ yoʼlovchi tashish faoliyati bilan shugʼullanuvchi xususiy korxonalar bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼyishni boshladi. 
Xususan, shu kunga qadar “Toshshahartransxizmat” АJ tomonidan xizmat koʼrsatib kelingan 129-“Аviyasozlar shaharchasi — Yunusobod 17 mavze” yoʼnalishi tenderga qadar “Alixan trans servis” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga biriktirildi.
Ushbu korxona tomonidan yoʼnalishga Xitoyda Germaniya texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan “Asia star” rusumli 11 ta avtobuslar qoʼyildi. Gaz yoqilgʼisi bilan harakatlanuvchi mazkur transport vositasi 70 ta yoʼlovchiga moʼljallangan boʼlib, barcha qulayliklarga ega. Jumladan, konditsioner, pandus (nogironligi boʼlgan shaxslarning chiqib tushishlari uchun moʼljallangan yoʼlak), 5 ta kuzatuv kameralari, monitor, dvigatelda yongʼinga qarshi ishlovchi avtomat tizim bilan jihozlangan. 
Mazkur korxona faoliyati shahar yoʼnalishida toʼla oʼrganiladi va boshqa yoʼnalishlarga ham xususiy sektorni keng jalb etish choralari koʼriladi.