Eslatma: " Sayt beta rejimida ishga tushirildi. Saytdan foydalanish paytida xatoliklar yuzaga kelishi mumkin. "

Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti

(99895) 196 44 43

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati elektrobus haydovchilari malakasi oshirilmoqda

27-09-2023 314

 

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023 yil 10 iyuldagi “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining elektrobus haydovchilari va texnik xodimlari malakasini oshirish to‘g‘risidagi 120-son buyrug‘iga muvofiq, Transport vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Toshkent – kam uglerodli transportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish” grant loyihasi doirasida “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati elektrobus haydovchilarining “Yutong” ZK6126BEVG elektrobuslaridan foydalanish, boshqarish va jamoat transportida yo‘lovchilarni samarali tashish bo‘yicha malakasi oshirilmoqda.

168a7632.jpg

Haydovchilarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida “Yangi energiya manbalari va ularning modifikatsiyalarida ishlaydigan ZK6126BEVG markali elektrobus haydovchilariga ESLATMA” ishlab chiqildi. Malaka oshirish o‘quv kursi davomida har bir haydovchi ushbu eslatma bilan taʼminlanmoqda.

photo2023-09-2513-40-57.jpg

O‘quv kurslari yakunida haydovchilarning o‘zlashtirish darajasi aniqlanib, o‘quv kursini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan haydovchilarga belgilangan tartibda malaka oshirganlik to‘g‘risida sertifikat berilmoqda.