service
ads
Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan “B”, “C”, “B” va “C” toifaga ega haydovchilar “D” toifaga “ekspress” qayta tayyorlash o‘quv kurslarida o‘qitilmoqda
27-09-2023 450
Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan “B”, “C”, “B” va “C” toifaga ega haydovchilar “D” toifaga “ekspress” qayta tayyorlash o‘quv kurslarida o‘qitilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2022 yil 13 dekabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga tashrifi davomida o‘tkazilgan taqdimotlar jarayonida va Prezidentimiz rahbarligida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 78-sonli yig‘ilish bayonida berilgan topshiriqlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023 yil 16 fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son qarori ijrosi yuzasidan vakolatli organ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “B”, “C”, “B” va “C” toifaga ega haydovchilarni Transport vazirligining hududiy boshqarmalari tavsiyanomalariga ko‘ra 4 haftalik maqsadli “D” toifaga “ekspress” qayta tayyorlash o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.
“D” toifasi bo‘yicha “ekspress” qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchilari guruhi ro‘yxati belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.
“D” toifa bo‘yicha “ekspress” o‘quv kursini tugatgan, amaliy va nazariy imtihonlarni ijobiy topshirgan, “D” toifadagi transport vositasini boshqarish bo‘yicha 3 yil stajga ega bo‘lmagan haydovchilarni, istisno tariqasida, shahar, shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishda qatnaydigan avtobus va mikroavtobuslarni boshqarish uchun ishga qabul qilinishi borasida “Toshshahartransxizmat” AJ bilan hamkorlik yo‘lga quyilgan.
Shuningdek, “D” toifasi bo‘yicha “ekspress” o‘quv kursini tugatgan, amaliy va nazariy imtihonlarni ijobiy topshirgan haydovchilarni, istisno tariqasida, “Toshshahartransxizmat” AJga shartnoma asosida ishga qabul qilinishi haqida targ‘ibot tushuntirish ishlari olib borilmoqda.