O'quv jarayonlarini tashkil qilish va nazorat qilish bo'limi

14-06-2018 2524

  Dekan:

 

   Telefon: (71) 202 05 01 (522)

 

Fakultet dekani lavozim vazifalari:
• Fakultet dekanat faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
• Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta'minlash, o'quv-uslubiy, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalar, o'quv dasturlar bajarilishini ta'minlash;
• O'quv mashg'ulotlarini o'tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, intizom nazoratini tashkil etish; 
• Qayta tayyorlash o'quv kurslarining tinglovchilari bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
• Fakultet tarkibidagi ta'lim yo'nalishlariga taalluqli darsliklar, o'quv va uslubiy qo'llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
• Yangi informatsion texnologiyalarning o'quv jarayoniga keng tatbiq etilishi, professor-o'qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta'minlash;
• Fakultet uslubiy Kengashi faoliyatini boshqarish;
• Ilmiy va ilmiy-uslubiy konferentsiyalar, kafedralararo yig'ilishlar, fakultet professor-o'qituvchilari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o'z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, munozara (diskussiya)lar tashkil etish va o'tkazish;
• Turdosh oliy va malaka oshirish ta'lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish;
• Vakolati doirasida murojaatlarni ko'rib chiqish.
Bilishi kerak:
Fakultet faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Transport vazirligining Qarorlari, buyruqlari, institut bosh direktori buyruqlarining mohiyati, institutning yillik va istiqbolli rejalarini bilishi;
Malaka talablari:
• Ta'lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo'lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta'lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko'nikmalar;
• Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlari, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyatlariga ega bo'lishi;
• Oliy ma'lumot, magistr, Fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasi, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo'lishi;
• Fakultet yo'nalishi bo'yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo'lishi zarur.