Malaka oshirish o‘quv kursi yakunida Transport nazorati inspeksiyasi inspektorlari bilim va ko‘nikmalari baholandi

22-05-2024 156

 

Transport nazorati inspeksiyasi avtomobil transportida yo‘lovchi va yuk tashuvlarini nazorat qiluvchi inspektorlari uchun joriy yilning 22 aprel kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-sentyabrdagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” to‘g‘risidagi nizomga muvofiq 3+1 tizimi bo‘yicha tashkil etilgan (75 foiz videokonferensaloqa orqali masofadan turib real vaqt rejimida o‘tkazish, 25 foiz bevosita Institutda taʼlim olish yo‘li bilan) malaka oshirish o‘quv kursi oxirigi haftasida rejalashtirilgan mashg‘ulotlar joriy yil 17-20-may kunlari bevosita Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tashkil etilib, o‘quv kursi yakunidagi tinglovchilarni o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini baholash bo‘yicha yakuniy nazorat (imtihon) sinovi joriy yil 21-may kuni Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida o‘tkazildi.

 

168a4871.png