O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasi Belarus Respublikasi Transport va kommunikatsiya vazirligi vakillari bilan uchrashdi.

22-04-2024 292

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi  delegatsiyasi Belarus Respublikasi Transport va kommunikatsiya vazirligi vakillari bilan uchrashdi.
 
Uchrashuvda avtomobil transporti sohasida yo‘lovchi va yuk tashishni litsenziyalash, xalqaro tashuvlarga ruxsatnomalar berish, raqamli nazorat hamda yo‘nalishsiz taksi faoliyatini tartibga solish, soha kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha Belarus tajribasi va qonunchilik hujjatlari bilan yaqindan tanishishdi.
 
Transport vazirligi delegatsiyasi Minsk shahar va Minsk viloyat Transport inspeksiyasi boshqarmalariga tashrif buyurib, Belaruslik hamkasblar tajribasini o‘rganishdi.