BELARUS MILLIY TEXNIKA UNIVERSITETI TASHRIFI

21-12-2019 2634

2019 yilning 12 dekabr kuni Belarus milliy texnika universiteti rasmiy vakili Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti (ATKMO va QT)ga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ikki oliy ta’lim muassasi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ATKMO va QT institutidagi tinglovchilarga sifatli ta’lim berish uchun xalqaro tajribani qo‘llash, o‘zaro masofaviy o‘qitish tizimini, ilmiy faoliyatda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga quyish borasida fikr alamashildi.
Qizg‘in utgan o‘chrashuvda tomonlar o‘zaro memorandum imzolashga hamda kelajakda bu faoliyatni davom ettirishga kelishildi hamda institut rahbariyati Belarus milliy texnika universitetiga tashrif bilan borish va o‘zaro aloqalarni yanada chuqurlashtirish uchun taklif etildi.
Tashrif so‘nggida mehmonga institut bilan aloqalar boshlanishining ramzi sifatida esdalik uchun sovg‘alar topshirildi.

1c7229e8-6692-491a-ad75-a4093d1d71d0.jpg

f048c384-719a-4a25-8705-ee1028b3d1ac.jpg