O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi qoshidagi Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

21-10-2022 757

photo2022-10-2111-12-10.jpg 

 

Ona tilim faxrim, g‘ururim!

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi qoshidagi Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda institut xodimlari ishtirok etishdi.

 

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan “Ona tilim faxrim, g‘ururim” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani H.Ho’sinov ona tilimizning o‘ziga xosligi, bugungi kunda davlat tilining nufuzi va maqomini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi maʼruzalari bilan ishtirok etdi.