“O‘zbek tili bayrami” kuniga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan yig‘ilish yig‘ilish o‘tkazildi

23-09-2020 2145

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashabbusi bilan Toshkent davlat transport universitetida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash va sohada bu borada amalga oshirilayotgan ishlar holatini muhokama etish, shuningdek, “O‘zbek tili bayrami” kuniga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

photo2020-09-2215-13-58.jpg

Unda Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutidagi mas’ullar Institut bosh direktorning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari PhD, F.Isayev va xodimlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Sh.Mamadoliyevlar ishtirok etishdi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasi tarqatildi. Yig‘ilishda ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan hududlardagi korxonalar mutasaddilariga onlayn qatnashish imkoniyati yaratildi.

photo2020-09-2215-13-59.jpg