Наши услуги
Объявления
Bosh direktor o'rinbosari
23-04-2024 1485
Instituti bosh direktorining o'rinbosariga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda O’zbekiston avtomobil transporti agentligi buyruqlarini ijrosini ta’minlash; 
- 
Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni ta’minlash; 
- 
Davlat ta’lim standartlari asosida avtotransport sohasida kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish; 
- 
Institutning tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish; 
- 
Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash; 
- 
Institutning daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish; 
- 
Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash; 
- 
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish; 
- 
O‘quv-tarbiya jarayonida malaka oshirish va qayta tayyorlash ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish; 
- 
Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va tinglovchilarda milliy g‘oyani shakllantirish; 
- 
Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash; 
- 
Tinglovchilar, tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash; 
- 
Institutning faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash; 
- 
Marketing xizmatini rivojlantirib, malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishi ehtiyojni o‘rganishni, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzilishini tashkil etish; 
- 
Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, Institutning Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, Institutning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish; 
- 
O’zbekiston avtomobil transporti agenligi bilan kelishilgan holda xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish; 
- 
Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash; 
- 
O‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish. 
- 
- 
Tarjimai hol: 
 Ergashev Sherzod Tashpo’latovich 1984-yilda Jizzax viloyati, Zafarobod tumanida tug’ilgan. Millati – o’zbek Ma’lumoti – oliy, 2012 yilda Toshkent davlat iqtisoditot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – Buxgalteriya hisobi va audit, Tashqi iqtisjdiy faoliyat hisobi va tahlili (magistratura) 2001-2002 yy. - Jizzax viloyati Paxtakor paxta tozalash zavodida huquqshunos-maslahatchisi 2002-2006 yy. - Jizzax viloyati, Zafarobod tumani “Sherzod-1” fermer xo’jaligi huquqshunos-maslahatchisi 2006-2012 yy. - Toshkent davlat iqtisoditot universiteti talabasi, magistranti 2012-2013 yy. – Toshneftegaz ochiq aksiyadorlik jamiyati “Qurilish izolyatsiyasi” unitar korxonasi rejalashtirish va ishlab chiqarish texnika bo’limi yetakchi mutaxassis, bo’lim boshlig’i 2013-2016 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy tadqiqot ishlar bo’yicha bosh hisobchi o’rinbosari 2016-2018 yy. - “Avtodaryotarns-ilm” Davlat ilmiy metodik Markazida iqtosot-moliya va buxgalteriya hisobi bo’limi boshlig’i 2018 y. - h.v. - Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bosh direktorining birinchi o’rinbosari 
- 

 
														
													

