Eslatma: " Sayt beta rejimida ishga tushirildi. Saytdan foydalanish paytida xatoliklar yuzaga kelishi mumkin. "

AVTOMOBIL TRANSPORTI XODIMLARINI MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH INSTITUTI TOMONIDAN O‘QUV SEMINAR TASHKIL QILINDI

17-02-2021 2363

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida 2021 yil 16 fevral kuni Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti va Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish boshqarmasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining 2021 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va uning hududiy boshqarmalari mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 29-sonli buyrug‘ining 5-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘quv seminar tashkil qilindi.

4db2437b-c4ed-4979-8e29-96341a950cf5.jpg

f3f4b54e-0182-4e00-8533-570cbc658f7d.jpg
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 noyabrdagi “Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurorining 2018 yil 6 sentyabrdagi “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik” Nizomlar mazmun mohiyatini o‘rganish maqsadida tashkil qilindi.

c7961d87-9d1c-48ce-8ff9-a7b197471973.jpg
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni xodimi Sardor Abdurahmonov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xodimi Kamol Abduraxmonov, Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti professori, yuridik fanlari doktori (DSc), dotsent Babanazarov Kalbay Rustamovich, Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bosh direktori Sh.Ergashev va Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish boshqarmasidan Soloxiddinov Marufjon Muxitdinovichlar ishtirok etishdi.

e40f5c09-940c-4c2c-b9ec-c3369343b387.jpg