INSTITUT KENGASHI

25-08-2022 0

INSTITUT FAOLIYATIGA TEGISHLI ASOSIY MASALALARNI KO‘RIB CHIQISH UCHUN BOSH DIREKTOR RAISLIGIDA ILMIY KENGASH FAOLIYAT YURITADI

 

Kengashning maqsadi

 

    Avtomobil transporti kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonlarining sifati va samaradorligini oshirish, ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishlarini ta’minlashdan iborat.

 

Kengashning asosiy vazifalari

avtomobil transporti kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonlarining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;

Institut hamda bo‘limlarining reja va hisobotlarini ko‘rib chiqadi, kurslarning ishchi o‘quv rejalari va dasturlarini, Institut faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni muhokama qiladi;

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat talablari, o‘quv rejalari va dasturlarning Institut tomonidan bajarilishini ko‘rib chiqadi;

malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari faoliyati natijadorligini muntazam o‘rganib boradi va o‘rganish natijalari yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqadi;

professor, dotsent ilmiy unvoniga talabgor nomzodlarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlash uchun taqdim etadi;

Institutni rivojlantirishning joriy (yillik) va istiqbolli rejalarini tasdiqlaydi va moliyaviy xo‘jalik faoliyati natijalarini ko‘rib chiqadi;

Institut tomonidan ko‘rsatiladigan barcha ta’lim xizmatlari xamda boshqa faoliyat turlari bo‘yicha shakllantirilgan narxlarni ko‘rib chiqadi va  tasdiqlaydi;

Institutning fakultet va bo‘limlarini tashkil etish, o‘zgartirish va tugatish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi;

darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlarni nashr qilish va tavsiya etish masalalarini ko‘rib chiqadi;

avtomobil transporti kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlashning yangi yo‘nalishlarini kiritish haqida takliflar tayyorlaydi;

xorijiy mamlakatlarning malaka oshirish va qayta tayyorlash sohsidagi ta’lim muassasalari, o‘quv markazlari bilan malaka oshirish yo‘nalishidagi xalqaro hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha ishlarni yo‘lga quyadi.

malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv jarayoniga xorijiy mutaxassislar, olimlar va o‘qituvchilarni jalb etish ishlarini tashkil etadi;

avtomobil transporti kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlashga oid qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari, vazirlik tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilab berilgan vazifalarning bajarilishini ko‘rib chiqadi.