Xizmatlar
E'lonlar
Institut ustavi
24-11-2021 0
yangilanish:12.04.2023
Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutining
USTAVI
Umumiy qoidalar
Mazkur Ustav O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil l-fevraldagi PQ-4143-son “O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”ig qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5 yanvardagi “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’1im standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida”gi 5-son, 2019-yil 19-apre1dagi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 336- son qarorlariga muvofıq ishlab chiqilgan bo‘lib, Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutining (keyingi o‘rin1arda Institut deb yuritiladi) maqomi, maqsadi, vazifalari va faoliyati asosiy yo‘na1ishlarini, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tarkibini belgilaydi.
Institut avtomobil, daryo transporti, avtomobil yo‘l1ari xo‘jaligi sohasi xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha ta’1im faoliyati bilan shug‘u11anadi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Qonunlariga muvofıq avtomobil, daryo transporti, avtomobil yo‘llari xo‘jaligi sohasida ilmiy- tadqiqot va ilmiy-metodik faoliyatni amalga oshiradi hamda ommaviy kasblarga kadrlar tayyorlash va boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi. Institut bevosita O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga (keyingi o‘rin1arda Vazirlik deb yuritiladi) bo‘ysunadi.
Vazirlik Institut faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘1gan davlat ta’lim muassasasi bo‘lib, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa valyuta bo‘yicha hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, qonunchilik hujjatlariga muvofıq o‘zining faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa xizmat belgilari va rekvizitlarga ega.
Institut faoliyatining muddati cheklanmagan.
║ Institutning rasmiy nomi:
► davlat tilida:
to‘liq nomi — “Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti”
qisqartirilgan nomi — ATXMOQTI;
► rus tilida:
to'liq nomi — “Институт повышения квалификации и переподготовки кадров автомобилного транспорта”
qisqartirilgan nomi — ИПКПКАТ;
► ingliz tilida:
to‘1iq nomi — “Institute for advanced training and retraining of auto transport personnel”
qisqartirilgan nomi — IATRATP.
Institutning yuridik (pochta) manzili: 100147, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mumtoz ko‘chasi, 5-A uy.
Institutda ta’1im olish shakllari quyidagilardan iborat:
- Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’iim olish (kunduzgi, masofaviy);
- Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy).