AVTOMOBILLARDA TASHUVLAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH YUZASIDAN NAZORAT BO‘LIMI INSPEKTORLARI UCHUN MALAKA OSHIRISH KURSLARI DAVOM ETMOQDA

21-12-2019 2612

Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti Bosh direktori i.f.d, professor M.Kalonov hamda professor-o‘qituvchilari tomonidan 2019 yil 12 dekabr kuni Surxondaryo viloyatida “Avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat bo‘limi inspektorlari” uchun malaka oshirish kurslari boshlandi hamda 29 nafar inspektorlar malakasi oshirilishi rejalangan. Malaka oshirish kursi davomiyligi 14 dekabrgacha davom etadi.