Institut ustavi

24-11-2021 0

yangilanish:12.04.2023 

 

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining

USTAVI

Umumiy qoidalar     

   

1. Mazkur Ustav O'zbekiston Respublikasining “Ta’lim to'g'risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi “Ma’muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-94-son Farmoni va 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to'g'risida”gi 5-son, 2019-yil 19-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi to'g'nsidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 336-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining (keyingi o'rinlarda - Institut) maqomi, maqsadi, vazifalan va faoliyati asosiy yo'nalishlarini, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
 
2. Institut avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo va elektr transporti, metropoliten, shuningdek, yo'l xo'jaligi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha ta’lim turi xizmatlarini ko'satish faoliyati bilan shug'illanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlanga muvofiq avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo va elektr transporti, metropoliten, yo'l xo'jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik faoliyatni amalga oshiradi hamda ommaviy kasblarga kadrlar tayyorlash va boshqa ta’lim turi xizmatlarini ko'rsatishga haqli.
 
3. Institut bevosita O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga (keyingi o'rinlarda - Vazirlik) bo'ysunadi. Vazirlik Institut faoliyatiga rahbarlik qiladi.
 
4. Institut o‘z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ta’lim sohasidagi vakolatli organlarning normativ-huquqiy hujjatlari, vazirlikning buyruq va qarorlari hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
 
5. Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida valyuta hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, qonunchilik hujjatlariga muvofiq o'zining faoliyati uchun zarur bo'lgan boshqa xizmat belgilari va rekvizitlarga ega. Institut faoliyatining muddati cheklanmagan.
 
6. Institutning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to'liq nomi - Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, qisqartirilgan nomi - Transport instituti;
b) rus tilida:
to'liq nomi - Институт переподготовки и повышения квалификаcий кадров в сфере транспорта, qisqartirilgan nomi - Институт транспорта;
c) ingliz tilida:
to'liq nomi - Institute for Retraining and Advanced Training of
Personnel in the sphere of Transport, qisqartirilgan nomi - Transport Institute.
 
7. Institutning yuridik (pochta) manzili: 100147, Toshkent shahri,
Yashnobod tumani, Mumtoz ko‘chasi, 5-A uy.
 
8. Institutda ta'lim berish shakllari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi, masofaviy); ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy); ekstemat tartibida; aralash shakl.