Eslatma: " Sayt beta rejimida ishga tushirildi. Saytdan foydalanish paytida xatoliklar yuzaga kelishi mumkin. "

Tayyorlash

14-06-2018 0

“ B toifaga haydovchilarni  tayyorlash va D toifaga qayta tayorlash ” o‘quv kurslariga qabul qilish to‘g‘risida

REGLAMENT
  1.  Mazkur Reglament O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31-maydagi “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi  408-son qaroriga va institut nizomiga  muvofiq ishlab chiqildi.
  2. Tayyorlash va qayta tayyorlashga nomzodlar (haydovchilika talabgor shaxslar va haydovchilar)  hisoblanadi.
  3. Tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv kurslariga nomzodlar tomonidan Avtomobil transporti xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutining (keyingi o‘rinlarda Institut deb yuritiladi)  ma’sul xodimiga  quyidagi hujjatlar  taqdim qilinadi:

    -haydovchilika talabgor shaxslar va haydovchilar arizasi yoki  buyurtmachi-       tashkilot yo‘llanmasi (ular tomonidan o‘qishga yuborilgan shaxslar uchun);

    -sog‘lig‘i va tegishli toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarishga

    -yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy     ma’lumotnoma(F-083);

    -3x4 santimetr hajmdagi 3 dona fotosurat (fuqaro kiyimida);

    -ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;

    -pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat;

  4. Haydovchilarni «D» toifaga qayta tayyorlashda ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari, «B» va (yoki) «C» toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasi hamda kamida uch yillik haydovchilik staji mavjudligini tasdiqlovchi hujjat ham taqdim etiladi.

  5. Mazkur   hujjatlari qabul qilingan nomzodlardan bir guruh (nomzodlar soni 25 nafargacha) shakllanganidan so‘ng Institut rahbarining buyrug‘i bilan nomzodlar tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv kurslariga qabul qilinadi.