FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA O‘QUV KURSLARI TASHKIL QILINDI

29-12-2019 2629

Inson xayoti juda aziz sanalib, uni asrash har bir insonning o‘z qo‘lidadir. Tabiatda sodir bo‘ladigan tabiiy ofatlar yoki texnogen vaziyatlar yuz berganda ular qarshisida shoshib qolmaslik lozim, albatta. Ammo buning uchun u haqida tasavvur bo‘lishi kerak, bu esa, o‘z navbatida, o‘qish-o‘rganishni talab qiladi.
b3835240-c77e-48c7-b091-aea91208237f.jpg
Avtomobil trasnporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining malakali mutaxassislari ishtirokida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilindi. Malakali mutaxassis Ismailov N.K. tomonidan “Favqulodda vaziyatlarda aholi va xududlarni muhofaza qilishning xuquqiy asoslari” mavzusida tinglovchilar va institut xodimlari uchun ma’ruzalar tashkil qilindi.
a9cb12c7-14ac-4273-b74d-2902fdf5af6e.jpg