INSTITUT KENGASHI
25-08-2022
849
Kengash kotibi
Raimov Toshpo‘lat Zaitovich
Telefon: (71) 202 05 00 (506)
E-mail: rtz1971@mail.ru
Kengash kotibining asosiy vazifalari:
•Kengash faoliyatiga doir hujjatlarni yuritish; •Kengash yig‘ilishlari kun tartibini tayyorlash; •Kun tartibiga muvofiq Kengash yig‘ilishlari o‘tkazilishini tashki etish; •Kengash a’zolari va taklif etilgan shaxslarni Kengash yig‘ilishi o‘tkaziladigan joyi, sana va vaqti haqida xabardor qilish; •Kengash yig‘ilishi boshlanishidan oldin qatnashchilarni ro‘yxatga olish va Kengash raisiga Kengash a’zolari hamda taklif etilganlarning ishtiroki haqida axborot berish; •Kengash yig‘ilishi kun tartibga kiritilgan masalalar bo‘yicha ma’ruzachi mas’ullardan ma’lumotnoma va qaror loyihasini yig‘ib olish va umumlashtirish; •Kengash yig‘ilishlarida bayonnoma yuritish; •Kengash yig‘ilishi bayonlarini rasmylashtirish va Kengash raisiga tasdiqqa kiritish; •Kengash qarorlarining ijrosini nazorat qilish va qabul qilingan qarorlar ijrosi bo‘yicha Kengash yig‘ilishlarida hisobot berish; •Kengashning navbatdagi yig‘ilishiga barcha zarur materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlash; •Kengash ish rejasi loyihasiga kiritish uchun tarkibiy bo‘linmalardan takliflar olish va umumlashtirish; •Kengashning yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqish va Kengash raisiga tasdiqqa kiritish; •Kengash hujjatlarining saqlanishini va belgilangan muddatda saqlov uchun tegishli davlat arxiviga topshirilishini ta’minlash.
|