Eslatma: " Sayt beta rejimida ishga tushirildi. Saytdan foydalanish paytida xatoliklar yuzaga kelishi mumkin. "

“KORRUPSIYA-KELAJAKKA TO‘SIQ”

20-10-2020 1951

Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan. Bu illatga qarshi butun dunyo kurashmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
 
photo2020-10-1315-45-25.jpg
Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida 2020 yil 13 oktyabr kuni professor-o‘qituvchilar va xodimlari uchun "Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish" mavzusidagi seminar tashkil qilinib, Toshkent davlat yuridik universitetidan A.Rajabov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi.
 
photo2020-10-1315-39-41.jpg
Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini taqozo qilmoqda.