O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

21-10-2019 3533

Bugun o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmatga asoslangan do‘stlik munosabatlari mustahkamlanib yangi bosqichda davom etmoqda. Buni barcha sohalardagi hamkorlik rivojlanib borayotganida ham ko‘rish mumkin. Zero, ikki xalq azaldan bir daryodan suv ichgan, qarindoshlik, quda-andachilik rishtalari bilan mustahkam bog‘langan. 
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridan qo‘shni Tojikiston Respublikasining Shaydon shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

9d91ba962cab3524a46b9.jpg

846a042d7da940bcf48ad.jpg

Joriy yilning 19 oktyabr kuni MN-28-sonli “Qo‘qon-Shaydon” yo‘nalishining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Shaydon shahri va Farg‘ona viloyati hokimiyati mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 
Mazkur avtobus qatnovi yo‘nalish masofasi 84,5 km. bo‘lib, Shaydon shahri tomonidan “RAXSh-R.M” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga tegishli mikroavtobuslar hamda Qo‘qon shahridan “Mansur Mirzohid” MChJga qarashli ISUZU avtobuslarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatiladi. Yo‘lkira narxi 23 000 so‘m etib belgilandi.