O'ZBEKISTONDA 18-NOYABR BAYROQ QABUL QILINGAN KUN

17-11-2020 2549

«O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

Institut rahbariyati transport soha vakillari va mamlakatimiz fuqarorlarini davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 29 yilligi bilan mubarakbod etadi.

Olqishlab-olqishlab munavvar tongni,
U mayin hilpirab turibdi, qarang.
Bu kez termultirgan jumla jahonni,
Yurtim bayrog‘ida porlar to‘rt xil rang.

Yashil rang – abadiy ko‘klam timsoli,
Bahorni qutlaydi bunda har bir jon.
Bulutlar tutunlar, dog‘lardan xoli,
Moviy rangda yashnar musaffo osmon.

Azizim, sen haqda yana ne deyin?
Bulbullar to‘ldirsin yashil bog‘ingni.
Kelajak avlod bizlardan keyin,
Hilpiratib tursin hur bayrog‘ingni.

Qizil rang – ko‘zga yosh qalqmasin nechun?
Janglarda o‘lmagan mangu jondir bu.
Biz bugun kuylagan erk va baxt uchun
Bir zamon to‘kilgan qutlug‘ qondir bu.