Xizmatlar
E'lonlar
RАHBАRIYAT TOMONIDАN PROFESSOR-OʼQITUVCHILАRGА TАSHАKKURNOMАLАR TOPSHIRILDI
20-01-2020 2663
Аvtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2019 yil 30 sentyabrdagi 21-sonli apparat yigʼilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida, 2019 yil 5 noyabrdan 2020 yil 15 yanvargacha Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Vazirlikning Toshkent shahar hamda barcha viloyat xududiy transport boshqarmalarida Аvtomobil tashuvlarni xavfsizligini taʼminlashni nazorat qiluvchi boʼlim inspektorlarini malakasini oshirish boʼyicha oʼquv kurslari tashkil qilindi.
Shu munosabat bilan 2020 yil 17 yanvar kuni Institut rahbariyati tomonidan inspektorlarni oʼqitishdagi fidoiyligi uchun bir guruh professor-oʼqituvchilarga tashakkurnomalar topshirildi. Shuningdek, professor-oʼqituvchilarning taklif-mulohazalari tinglandi.