SAYLOVLAR ORQALI FUQAROLARNING DAVLAT VA JAMIYAT BOSHQARUVIDAGI BEVOSITA ISHTIROKI

14-11-2019 2839

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 19 oktyabrdagi “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan. Qarorga muvofiq joriy yilning 20 oktyabridan 20 noyabrigacha O‘zbekiston Respublikasida “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi”ni o‘tkazish belgilangan.

photo2019-11-1320-25-14.jpg

photo2019-11-1320-18-27.jpg
Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash hamda xodimlar va tinglovchilarning siyosiy-huquiy madaniyatini oshirish maqsadida 2019 yilning 13 noyabr kuni Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida “Saylovlar orqali fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi bevosita ishtiroki” mavzusida Toshkent shahar saylov uchastkasidan mas’ul sifatida tarix fanlar nomzodi O‘ktam Tojiboyev ishtirokida seminar trening bo‘lib o‘tdi. Tinglovchilarga seminar davomida saylovga oid savodxonlikni oshirish bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi hamda tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.