Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

(99895) 196 44 43

2 iyul – “Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʼgʼrisida”gi Qonun qabul qilingan kun

02-07-2020 2576

2 iyul – “Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʼgʼrisida”gi Qonun qabul qilingan kun

Qonunga muvofiq, Davlat gerbi Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.

Qonunchilikka muvofiq, Oʼzbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart.

Jinoyat kodeksiga  asosan, Oʼzbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpogʼiston Respublikasining Davlat bayrogʼi, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.