Eslatma: " Sayt beta rejimida ishga tushirildi. Saytdan foydalanish paytida xatoliklar yuzaga kelishi mumkin. "

Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti

(99895) 196 44 43

XALQARO MUHANDIS-KONSULTANTLAR FEDERATSIYASI “FIDIC” MUTAXASSISLARI BILAN TASHKIL ETILGAN UCHRASHUV TO‘G‘RISIDA

21-09-2023 438

Joriy yilning 6 sentyabr kuni Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Xalqaro muhandis-konsultantlar federatsiyasi “FIDIC” rahbar va xodimlari Olga Soy, Xadicha Tosheva, Feruza Bobokulovalar bilan Institut rahbariyati va xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikda amalga oshiriladigan ishilar yuzasidan fikr almashdilar. Jumladan, Xalqaro muhandis-konsultantlar federatsiyasi “FIDIC” bilan hamkorlik, federatsiyaga aʼzo bo‘lish, shuningdek Transport vazirlik huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xodimlarini xalqaro muhandis-konsultantlar federatsiyasi talablari asosida malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikda o‘zaro manfatli loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.